Qoida odamdan ustun
Tasdiqlash zanjiri har safar qo'lda yig'ilmaydi. Ariza turi, summasi va muhimligiga qarab tizim kerakli qoidani o'zi tanlaydi — kim kimni chaqirishi kerakligi haqida bahs qolmaydi.
BPM — arizadan omborgacha bo'lgan yo'lni bitta tizimga yig'adigan platforma. Uni O'zbekistonda ishlab chiqamiz va joriy etamiz.
Ko'p kompaniyada xarid shunday ketadi: xodim telefon qiladi, boshliq og'zaki rozilik beradi, hisobchi Excel'ga yozib qo'yadi, shartnoma esa kimningdir pochtasida qoladi. Natijada oddiy savolga javob yo'q: hujjat hozir kimda turibdi va nega to'xtab qolgan?
Tasdiqlash zanjiri har safar qo'lda yig'ilmaydi. Ariza turi, summasi va muhimligiga qarab tizim kerakli qoidani o'zi tanlaydi — kim kimni chaqirishi kerakligi haqida bahs qolmaydi.
Kim tasdiqladi, qachon, qanday izoh bilan — hammasi jurnalda. Audit paytida hech narsani qayta tiklash kerak emas, tarix o'zi turibdi.
Ko'p tizim ariza tasdiqlangach to'xtaydi. BPM tijorat taklifi, buyurtma, shartnoma va yetkazib berishni ham olib boradi — zanjir uzilmaydi.
Tizimni bizning serverimizda ham, o'z infratuzilmangizda ham joylashtirish mumkin. Tashkilotlar ma'lumoti bir-biridan ajratilgan.